«chust tumani» tegli maqolalar


Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi
19 fevral 2024, 20:06

Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyorjon Salimjonov Chust tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Bekzod Hamdamov yo‘l qo‘ygan “xato va kamchiliklari” uchun ishdan olindi.

Namanganda 450 nafar bola kasallangan, ularning 143 nafari tuzalgan — SSV rahbari o‘rinbosari
23 sentabr 2023, 17:22

Namanganda 450 nafar bola kasallangan, ularning 143 nafari tuzalgan — SSV rahbari o‘rinbosari

Namangan viloyatida 2 kun davomida 450 nafar bolaning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 306 nafari Chust tumaniga to‘g‘ri keladi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Uning qayd etishicha, bolalarning sog‘lig‘i yomonlashishiga zaharlanish emas, ORVI sabab bo‘lishi mumkin.

Chustdagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmagan — Elmira Bositxonova
23 sentabr 2023, 10:04

Chustdagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmagan — Elmira Bositxonova

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova Chust tumanidagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 85 foiz bolaning sog‘lig‘i joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda.

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi
22 sentabr 2023, 20:20

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi

Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanganidan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100 mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etildi.

Namangan viloyatining Chust tumanida 70 dan ortiq bola zaharlandi
22 sentabr 2023, 06:58

Namangan viloyatining Chust tumanida 70 dan ortiq bola zaharlandi

Namangan viloyati Chust tumanidagi 9 ta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari va 2 ta maktab o‘quvchilari — 70 dan ortiq bola zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi. Rasmiy idoralar ular aynan nimadan zaharlanganiga aniqlik kiritmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu yod preparatidan bo‘lishi mumkinligi yozilmoqda.

Chust hokimligining xizmat mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi
28 dekabr 2021, 10:40

Chust hokimligining xizmat mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi

Chust tuman hokimligining uchta avtomobili OAVdagi maqolalardan so‘ng yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘planib qolgani sababli jarima maydonchasiga qo‘yildi. Jami 42 ta bayonnoma tuzilgan bo‘lib, jarimalarning umumiy qiymati 20,7 mln so‘mni tashkil etadi. Ayrim qoidabuzarliklar 2018 yilda sodir etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting